Линклар

15 fevral kuni boshlangan reydlarni o‘tkazayotgan 47 guruh safida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat soliq nazorati hamda “Toshshahartransportxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi vakillari bor. Reyddan maqsad davlat litsenziyasini sotib olmay kirakashlik qilayotgan haydovchilarni ushlab, javogarlikka tortishdir.

Litsenziyasiz yo‘lovchi tashiganlar eng kam ish haqining 20 barobaridan 100 barobarigacha, agar kirakash jismoniy shaxs bo‘lsa, hamda eng kam ish haqining 50 barobaridan 100 barobarigacha, , bo‘lgan miqdordagi jarimaga tortiladi agar kirakash yuridik shaxs bo‘lsa.

Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi 2015 yil davomida Avtomobil va darë transporti agentligi bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab jami 4600 ta reyd o‘tkazgani to‘g‘risida Ozodlik 5 fevral kuni xabar qilgan edi.

“Reydlar davomida jami bo‘lib yo‘lovchi tashishni litsenziyalashga oid qonunchilikning 28¸5 ming marotaba buzilgani aniqlandi. Noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangan 20 mingdan ko‘proq avtomobilь egalaridan 19 milliard so‘m (7 million AQSh dollari) ga yaqin jarima undirildi”, deyilgan nomi tilga olingan ikki tashkilot birgalikda e’lon qilgan yillik hisobotda.

2014 yilda ayni shunday reydlar davomida 22¸6 mingta qonunbuzarlik qayd etilgan va jami jarimalar miqdori 5 million dollarga yaqin bo‘lgan.

Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati nolegal taksichilarga qarshi 15 mart kuni boshlangan reydlarni yumshoq qilib, “poytaxt yo‘llaridagi o‘rganishlar”, deb atadi:

“…soha mas’ullari joriy yil fevral oyining 15 sanasidan e’tiboran poytaxt yo‘llaridagi bunday o‘rganishlar soni keskin ravishda oshirilishini ta’kidladilar”, deyilgan Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmatining 13 fevral kungi xabarida.

Poytaxt hokimligi Axborot xizmatiga ko‘ra, aholiga transport xizmati ko‘rsatishni litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 28 fevraldagi, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabr, 2011 yil 18 may va 2007 yil 10 fevraldagiqarorlari bilan tartibga solinadi.

15 mart kuni boshlangan “o‘rganishlar” ana o‘sha qarorlar ijrosini “ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar rejasi” doirasidagi tadbirdir.

Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmatining xabar qilishicha,reja 2016 yilning 13 yanvarida tasdiqlangan bo‘lib, o‘tgan 1 oyda 310 ta reyd o‘tkazilgan, 9200 avtomobilь tekshirilgan, 1850 ta qoidabuzarlik va kamchilik aniqlangan.

Davlat soliq inpeksiyalari tomonidan jami 163 ta qoidabuzarlik aniqlanib, ularni sodir etgan shaxslarga o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘rilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari olib borgan o‘rganishlar oqibatida 18651 ta bayonnoma tuzilgan.

XS
SM
MD
LG