Линклар

Turkmaniston davlat matbuotining xabar qilishicha, prezidentlik muddatini uzaytirish va nomzodlar yoshiga oid cheklovni bekor qilishga qaratilgan konstitutsiyaviy o‘zgartishlarni joriy etish masalasini umumxalq referendumiga olib chiqish bo‘yicha “jamoatchilik orasida muhokamalar” boshlangan.

15 fevral kuni davlat tarafidan boshlangan kampaniya amaldagi besh yillik prezident vakolati muddatini yetti yilga uzaytirish va nomzodlar yoshi 70dan oshiq bo‘lmasligiga doir cheklovni bekor qilishni nazarda tutadi.

Mazkur o‘zgartishlar prezident Gurbanguli Berdimuhammedov hokimiyatini yanada kuchaytirishga qaratilgani aytilmoqda.

58 yoshli Berdimuhammedovning joriy besh yillik muddati 2017 yilda tugaydi va yangitdan saylov o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.

O‘tgan hafta Tojikistonda ham amaldagi prezident Imomalik Rahmonning istagancha prezident saylovida ishtirok etishiga yo‘l berish masalasi referendumga olib chiqilishi e’lon qilingan edi.

XS
SM
MD
LG