Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:32

Rus sportchilari doping ishlatgani bilan bog‘liq janjalning asosiy figuranti kutilmaganda vafot etdi


Rossiya dopingga qarshi kurash agentligining (RUSADA) sobiq rahbari iste’foga ketishidan ikki oy o‘tib, kutilmaganda vafot etdi. 52 yoshli Nikita Kamaev rus sportchilari doping ishlatganigani to‘g‘risidagi ayblovlar bilan bog‘liq janjalning asosiy figurantlaridan biri edi.

Kamaev RUSADAning ikki hafta mobaynida o‘lgan ikkinchi sobiq mulozimidir. 3 fevral kuni tashkilot ijroiya kengashining sobiq raisi Vyacheslav Sinev vafot etgan edi.

O‘tgan yilning noyabrida Jahon dopingga qarshi kurash agentligi Rossiya hukumati doping ishlatishga rozilik bergani to‘g‘risidagi ayblovlar ortidan rus sportchilarini vaqtincha musobaqalardan chetlashtirgan edi. Bu esa Rossiyaning Yozgi Olimpiya o‘yinlaridag ishtrokiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Rossiya vakillari xalqaro agentlikni bu qarorni bekorq qilishga ko‘dirishga urinmoqda.

RUSADA sobiq bosh direktori Ramil Xabrievning aytishicha, Kamaev yakshanba kuni “chang‘i uchgan va uyiga qaytib kelib yurak hurujidan vafot etgan”.

Kamaev va Xabriev doping janjali ortidan iste’foga ketgan edi.

XS
SM
MD
LG