Линклар

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Belarusga qarshi sanksiyalarning aksar qismini bekor qildi. Bryusselda 15 fevral kungi yig‘inda qurol embargosidan boshqa barcha jazo choralari olib tashlandi.

Ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashib, oktyabr oyida sanktsiyalarni vaqtincha to‘xtatib turish qarori qabul qilingan edi. Bu sanktsiyalarning ayrimlari 2004 yilda qabul qilingan hamda siyosiy ta’qiblar va demokratik kamchiliklar uchun Minskni jazolashga qaratilgan edi.

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenka o‘tgan yilning avgustida siyosiy mahbuslarni ozod qilgani va sharqiy Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha xalqaro muzokaralardagi roli uchun G‘arb tarafidan olqishlarga sazovor bo‘lgan edi.

Lekin Lukashenka tanqidchilari jilovning qo‘yib yuborilishi erta ekani va Belarusda demokratik islohotlar va inson huquqlariga hurmatni oshirish bo‘yicha Minskka nisbatan bosimni kamaytirmaslik lozimligini aytmoqda.

Belarusni 20 yildan beri boshqarayotgan Lukashenka Moskva bilan tarxiy aloqalarga ega bo‘lishiga qaramasdan, vaqti-vaqti bilan G‘arb bilan yaqinroq munosabatlarda bo‘lish istagida ekaniga ishora qiladi.

XS
SM
MD
LG