Линклар

O‘zbekistonda mamlakatga qalbaki AQSh dollarini olib kirishga ixtisoslashgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Regnum axborot agentligi dushanba kuni xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, Turkiyada yashab kelgan o‘zbekistonlik ayol kuryer orqali Namangan viloyatida yashaydigan ikki akasiga qalbaki dollarni jo‘natib turgan. O‘zbekistonga olib kirilgan qalbaki valyutaning umumiy miqdori 80 ming dollarga teng bo‘lgan.

Tergov davomida Turkiyadan Namanganga dollarlarni andijonlik yigit olib kirgani aniqlangan. U Turkiyaga go‘yoki mahsulot olib kelish bahonasida uch marta borgan va har safar ortga qalbaki dollarlar bilan qaytgan.

Qalbaki dollarlar mahalliy bozolrlarda kichik partiyalar bilan sotilgan va haqiqiy kupyuralarga almashtirilgan. Guruh a’zolaridan biri qalbaki dollarni sotayotgan paytda Andijonda qo‘lga olingan.

Regnum agentligining yozishicha, mazkur guruh a’zolari sud hukmi bilan besh yildan olti yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan.

XS
SM
MD
LG