Линклар

Dushanbaga o‘tar kechasi Moskva janubi sharqidagi yotoqxonalardan birida Rossiyaning boshqa shaharlaridan kelganlar va markaziy osiyolik mehnat muhojirlari o‘rtasida katta mushtlashuv sodir etildi. Bu haqda 15 fevral kuni Interfaks agentligi huquq-tartibot tuzilmasidagi manbasiga tayangan holda xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, Staroobryadcheskiy ko‘chasidagi yotoqxonada rossiyaliklar aroq ichib o‘tirishgan. Buning ortidan esa ular O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan muhojirlar bilan aytishib qolgan. Bu dahanaki jang mushtlashuvga aylanib ketgan. Mushtlashayotganlar pichoqlar, bolg‘alar va boshqa shu kabi qo‘l ostida bo‘lgan buyumlardan foydalangan.

Mushtlashuv natijasida 5 kishi jarohatlangan. Mahalliy aholi chaqiruvi bilan voqea joyiga yetib kelgan politsiya mushtlashning 15 ishtirokchisini qo‘lga olgan. Ayni paytda mazkur voqea bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

XS
SM
MD
LG