Линклар

Bishkekning Birinchi may tuman sudi jurnalist Dayirbek O‘runbekovning Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaevga nisbatan kiritgan da’vo arizasi yuzasidan sud jarayonini yakunladi.

Yanvar oyining oxirlarida boshlanib, 15 fevral kuni nihoyasiga yetgan jarayonda sud jurnalistning prezidentga bildirgan da’vosi asossiz, degan ajrim chiqardi. Jurnalist sud qaroriga 30 kun ichida norozilik bildirib, yuqori sud instansiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.

Atambaev matbuot anjumanlaridan birida jurnalist O‘runbekov haqida "kimningdir buyurtmasi bilan ishlab, men to‘g‘rimda yolg‘on ma’lumotlarni yozmoqda”, deb aytgan edi. Jurnalist prezidentning bu so‘zlarini haqorat sifatida baholab, Atambaevni sudga bergan.

Bunga qadar Dayirbek O‘runbekov prezident Atambaevni 2010 yilgi O‘sh qirg‘ini aybdori sifatida ayblab maqola yozgani uchun sud tomonidan prezidentni haqorat qilganlikda ayblanib 2 million so‘m (26 315 dollar) jarimaga tortilgan edi.

XS
SM
MD
LG