Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:39

Qrim tatarlari Majlisi "ekstremistik tashkilot" deb e’lon qilinishi mumkin


Moskva tomonidan Qrim prokurorligiga tayinlangan Natalya Poklonskaya muxtoriyat Oliy sudiga qrim tatarlarining jamoaviy boshqaruv organi bo‘lgan Majlis faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida ariza kiritdi.

Poklonskaya 15 fevral kuni Oliy sudga jo‘natgan arizasida qrim tatarlar majlisi “ekstremistik tashkilot” sifatida talqin qilingan.

1991 yilda tashkil etilgan Qrim tatarlari majlisi 1999 yilda Ukraina hukumati tomonidan qonuniy deb tan olingan edi. Majlis Kiev va xalqaro tashkilotlarda qrim tatarlari muammolarini ko‘tarib kelgan.

Mazkur majlis Qrimning Rossiya tomonidan bosib olinishiga keskin norozlik bildirgan edi.Buning ortidan esa Qrimda bir qator qrim tatar faollari hibsga olingan, majlisning sobiq raisi Mustafo Jamilevga Rossiya va Qrim hududidiga kirish taqiqlangan.

XS
SM
MD
LG