Линклар

Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li dushanba kuni Kievda so‘zlagan nutqida “Rossiya Suriyada terrorchi tashkilot kabi harakat qilmoqda”, deb bayonot berdi.

O‘z so‘zida davom etar ekan, Dovuto‘g‘li: “Agar Rossiya fuqarolarni o‘z uylarini tashlab qochishga majbur qilayotgan terrorchi tashkilot kabi harakat qilishda davom etaversa, bizning bu harakatlarga nisbatan javobimiz o‘ta qat’iy bo‘ladi”, deb bildirdi.

Turkiya va Rossiya munosabatlari o‘tgan yilning noyabrida turk harbiylari mamlakat chegarasini buzib o‘tgan rus harbiy samolyotini urib tushurganidan beri o‘ta keskin bo‘lib qolayotir.

Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Turkiya Bosh vaziri bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng jurnalistlarga bergan suhbatida Dovuto‘g‘liga Ukraina hududiy yahlitligi yuzasidan aniq pozitsiyani bildirgani uchun minnatdorchilik izhor qildi.

XS
SM
MD
LG