Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:14

Belarusda o‘zbekistonliklar avtohalokatga uchradi


Belarusning Vitebsk viloyati Gorodok tumanida avtomobil avariyaga uchrashi oqibatida O‘zbekistonning bir fuqarosi halok bo‘ldi, besh o‘zbekistonlik jarohatlandi.

Belta agentligining 15 fevral kuni xabar berishicha, mazkur voqea 13 fevral kuni yuz bergan. O‘zbekiston fuqarosi boshqarib kelayotgan "Lada Largus" avtomashinasi yo‘ldan chiqib ketib, halokatga uchragan.

Buning oqibatida mashinadagi yetti kishidan olti nafari og‘ir tan jarohatlari olgan. Qutqaruvchilar avtomobildan maxsus vositalarni qo‘llash orqali chiqarib olgan 1981 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik yigit kasalxonada jon bergan.

XS
SM
MD
LG