Линклар

O‘zbekistonda 2015 yilda mehnat qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq 12 mingtaga yaqin holat aniqlandi. Bu haqda Sputnik nashri Davlat mehnat huquq inspeksiyasidagi manbasiga tayangan holda xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, mehnat qonunchiligining buzilishi asosan oyliklarning o‘z vaqtida berilmasligi, ish beruvchining shartnomani noqonuniy ravishda to‘xtatishi va e’lon qilingan bo‘sh o‘rinlarga ishga qabul qilmaslik holatlari bilan bog‘liq.

Davlat mehnat huquq inspeksiyasi vakili Sputnik nashriga 2015 yil davomida 1700 dan ortiq odamning oyliklari undirib berilganini bildirgan. Mehnat qonunchiligini buo‘gan ish beruvchilariga jami 1,5 milliard so‘m miqdorida jarima solingan.

XS
SM
MD
LG