Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:10

San Paulo mahkamasi Neymarning 50 million dollarlik aktivini muzlatdi


Braziliyaning San Paulo shahri mahkamasi taniqli futbolchi Neymarning aktivlarini muzlatish haqida qaror chiqardi.

"Barselona" hujumchisining umumiy qiymati 50 million dollar bo‘lgan aktivlari orasida yaxtasi, samolyoti va bir qancha ko‘chmas mulki bor.

Mahkama Neymarni soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblamoqda.

Futbolchining o‘zi bu ayblovlarni rad qilib, sud hukmi yuzasidan yuqori instantsiyaga arz qilgan.

Hozirda Ispaniyada Neymarni "Barselona" jamoasiga olinishi yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Ispaniya klubi futbolchi uchun 57,1 million yevro to‘lagani va bu mablag‘ning katta qismi futbolchining otasiga tegishli Neymar Santos shirkatiga o‘tkazilganini bildirgan.

Tergov davomida esa "Barselona" Neymar transferi uchun 83,3 million yevro sarflagani ma’lum bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG