Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:06

Kreml Suriyadagi shifoxonalarga hujum yuzasidan ayblovlarni rad etdi


Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Suriya shimolidagi shifoxonalarga havo hujumlari yuzasidan Rossiya nomiga aytilayotgan ayblovlarni rad etdi.

Peskovga ko‘ra, Idlibdagi shifoxona va maktablarni vayron etgan hujumlarga Rossiya mas’ul ekani borasidagi bayonotlar “quruq va asossiz bayonotlar”dir.

"Biz bu kabi ayblovlarni qat’iyan rad etamiz. Har gal bu kabi ayblovlarni aytganlar, o‘z so‘zlariga isbot keltira olishmaydi", - dedi Peskov.

Dushanba kuni Idlibdagi ikki shifoxona va ikki maktab havo hujumlariga tutilgan, o‘nlab odam qurbon bo‘lgan edi.

Chegara bilmas shifokorlar tashkiloti bu hujumlar uchun Suriya yoki Rossiya mas’uldir, deya bayonot bergan edi.

BMT ma’lumotlariga qaraganda mintaqadagi maktablar va shifoxonalarga havo hujumlari oqibatida 50 ga yaqin suriyalik qurbon bo‘lgan.

Suriyada besh yildan buyon davom etayotgan urush oqibatida qurbonlar soni 250 mingdan ortgan,10 milliondan ortiq odam boshpanasiz qolgan.

XS
SM
MD
LG