Линклар

logo-print

Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni muzlatib turishga kelishishdi.

Bu boradagi kelishuvga Dohada Saudiya Arabistoni, Rossiya, Qatar va Venesuela energetika vazirlarining uchrashuvida erishildi.

Reyter agentligiga ko‘ra, Qatar poytaxtida o‘tgan muzokaralarda Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak, Saudiya Arabistoni neft vaziri Ali al-Naimi, Venesuela neft vaziri Euloxio del Pino va ularning qatarlik maslakdoshi Muhammad al-Sadalar ishtirok etmoqda.

Ayni paytda seshanba kuni London birjasida Brent markali neftning bir barreli 35 AQSh dollaridan oshdi.

Neft narxi Ayni paytda neft narhi oshishi barobarida Rossiya rublining qurbi ham ko‘tarilmoqda.

Seshanba kuni Moskva birjasida 1 AQSh dollari 76 rubl, 1 yevro 83 rublni tashkil etgan.

XS
SM
MD
LG