Линклар

logo-print

Belgiya politsiyasi odamlarni “Islomiy davlat” ekstremist guruhiga yollash bilan shug‘ullangani gumonlanayotgan 10 odamni hibsga olgan.

Bryusselda o‘tkazilgan reydlar davomida shu odamlarga tegishli bo‘lgan kompyuter va mobil telefonlar konfiskatsiya qilingan.

O‘tgan yilgi Parij hujumlaridan keyin Belgiyada xavfsizlik choralari kuchaytirilgan edi.

Parij hujumlarining tashkilotchisi deb ko‘rilgan Abdulhamid Abaud Belgiya fuqarosi bo‘lgan va urush qilish uchun Suriyaga borgani aniqlangan.

Lekin, Belgiya politsiyasi so‘nggi reydlar Parijdagi hujumlarga bog‘liq bo‘lmaganini bildirdi.

Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida jon boshiga solishtirganda “Islomiy davlat”ga eng ko‘p qo‘shilganlar belgiyaliklar deb ko‘rilmoqda.

XS
SM
MD
LG