Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:54

Rossiyalik deputatlar horijlik fohishalarni mamlakatdan badarg‘a qilish tashabbusi bilan chiqdi


Rossiyada fohishalik bilan shug‘ullanadigan xorijliklar nafaqat jarimaga tortilishi, balki mamlakatdan badarg‘a qilinishi kerak.

Rossiyalik deputatlar mamlakat qonunchiligiga shunday o‘zgartish kiritilishi tashabbusi bilan chiqishdi.

Rossiya politsiyasiga ko‘ra, mamlakatdagi fohishalarning to‘rtdan biri horijliklardir.

O‘tgan yili birgina Sankt Peterburg shahrida fohishalik bo‘yicha 1351ta protolol tuzilgan bo‘lsa, shundan 380tasi xorij fuqarolariga tegishli bo‘lgan.

Bu yerda gap birinchi navbatda O‘zbekiston, Ukraina, Moldova, Tojikiston fuqarolari haqida bormoqda.

Rossiyaning turli o‘lkalarida fohishalik bilan kun kechirishga o‘tayotgan o‘zbek ayollari soni yil sayin ko‘payib borayotganini mutaxassislar iqtisodiy qiyinchiliklar va o‘zbek jamiyatidagi jiddiy ma’naviy inqiroz bilan bog‘lamoqda.

XS
SM
MD
LG