Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:10

Ishdan haydalgan o‘qituvchilar noroziligidan so‘ng qayta ishga tiklanayapti


Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli shahridagi 3-sonli maxsus internatning bir kunda ishdan haydalgan 21 nafar o‘qituvchisi 15 fevral kuni norozilik bildirib Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi vazirligiga borishdi. Vazir Kadirbay Bekturdiev norozilar bilan shaxsan uchrashib, ularning barchasini qayta ishga tiklashga va’da bergan.

Norozilar vazirlikda

Ishdan haydalganiga norozi bo‘lgan xo‘jaylilik o‘qituvchilar dushanba kuni Nukusga borib, Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi vazirligi binosi oldida to‘planishgan.

Bu haqda norozilar safida bo‘lgan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi a’lochisi Parvoz Yahyoeva Ozodlikka ma’lum qildi.

Yahyoevaning aytishicha, u nohaq ishdan haydalgan qizi Nulufar Navro‘zboeva huquqlarini talab qilib, norozilar safiga qo‘shilgan:

- Kecha, 15 chislo kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga 20ta odam bordik, xotin-qizlar bordik, -deydi Yahyoeva.

Bir kunda 21 o‘qituvchi ishsizga aylandi

Internatning 21 o‘qituvchisi 12 fevral kuni ishdan olingan. Internat rahbarlari bu o‘qituvchilarga ularning ma’lumoti oliy bo‘lmagani sabab ishdan bo‘shatilganini bildirgan.

Xo‘jayli shahridagi aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus internatda 35 yildan buyon ishlayotgan Parvoz Yahyoevaga ko‘ra, uning 21 nafar hamkasbi nohaq ishdan bo‘shatilgan:

- Ular orasida 15 yil stajga ega bo‘lganlari bor. Eng kami 5-6 yil stajga ega xotin-qizlar. Biroq o‘rta ma’lumotli. Endi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bor. Unda "Kollejni bitirgan, o‘rta ma’lumotli o‘quvchilar ish bilan ta’minlansin" deyilgan. Ularning barchasi o‘rta-maxsus ma’lumotli-ku. Kollejni bitirgan odamlar. Bular ishsiz qolib ketayapti. 21 xotin-qizni ishdan chiqargandan keyin u qaerga boradi ish so‘rab. Shuning uchun vazirlikka ham bordik. Telefon orqali ko‘p erlar bilan gaplashayapmiz", deydi Parvoz Yahyoeva.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:54 0:00
Бевосита линк

"Bizni aldab, ishdan olishdi"

Ishdan haydalgan o‘qituvchilardan birining Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda aytishicha, ularni aldov yo‘li bilan ishdan olishgan:

“Bizga vazirlikning qaysidir qarorini ko‘rsatib, shu bilan tanishdim deb imzo qo‘yib bering deyishdi. Biz hech narsani o‘qimasdan u qog‘ozga qo‘l qo‘ydik. Keyin bilsak hammamizni aldashgan ekan. Bu ishdan bo‘shash arizasi ekan”, deya iddao qiladi o‘qituvchi ayol.

Vazir va’dasi

15 fevral kuni norozilik bildirib Nukusga borgan o‘qituvchi ayollarni Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi vaziri Kadirbay Bekturdievning o‘zi shaxsan qabul qilib,ularni o‘z o‘rniga qayta tiklashga va’da bergan.

Bu haqda vazirlik rasmiysi Darmenbay Imomov Ozodlikka bildirdi:

- Talabi hal bo‘ldi. Vazir oldiga kirishdi. Shu yilning yakuniga qadar, o‘qish yili yakuni may bo‘ladiku, mayga qadar ularni shartnoma asosida qaytadan ishga qabul qiladi. Biroq may oyi oxirigacha ishlaydi. Biroq maydan keyin vazir shunaqa nima berdi "Sizlarni ko‘rib chiqib, sizlarni ish bilan ta’minlab beraman, deb aytdi vazirimiz", deydi Darmenbay Imomov.

Вазирлик расмийси Дарменбай Имомов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:34 0:00
Бевосита линк

Direktor vazir va’dasini bajarishni paysalga solayapti

Parvoz Yahyoevaning Ozodlikka aytishicha, ishdan haydalgan 21 o‘qituvchi vazir va’dasiga ishonib 16 fevral kuni internatga borishgan, biroq internat direktori Gulnora Mangetnazarova ularni yana haydab solgan:

- Vazir aytdi bizga, "ish bilan ta’minlaymiz, oldingi o‘rningizda ishlaysizlar, hammangiz. Ertadan ishingizni boshlang", dedi. Lekin direktor hali ham ruxsat bermayapti, deydi o‘qituvchi ayol.

Ozodlik muxbiri 16 fevral kuni Gulnora Mangetnazarova bilan bog‘lanish maqsadida uning mobil telefoniga o‘nga yaqin marta qo‘ng‘iroq qildi. Biroq Mangetnazarova telefon go‘shagini ko‘tarmagani bois, undan munosabat olish imkoni bo‘lmadi.

Xo‘jayli shahridagi aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 3-sonli maxsus internat 1988 yil tashkil qilingan bo‘lib, hozirda bu yerda 200dan ziyod bola tarbiyalanmoqda.

XS
SM
MD
LG