Линклар

logo-print

Misr poytaxti Qohirada seshanba kuni 93 yoshida BMTning sobiq Bosh kotibi Butros Butros Gali vafot etdi.

Misr matbuotining yozishicha, u kasalxonada olamdan o‘tgan. BMT sobiq Bosh kotibining olamdan o‘tganini Venesuelaning BMTdagi doimiy vakili, BMT Xavfsizlik Kengashi prezidenti Rafael Ramires ham tasdiqladi.

Xavfsizlik Kengashining 16 fevraldagi yig‘ini Butros Butros Gali xotirasini sukut saqlash bilan yod etishdan boshlandi.

Butros Butros Gali 1992 yildan 1996 yilgacha BMT Bosh kotibi bo‘lgan. Misr fuqarosi Butros Butros Gali BMTga rahbarlik qilgan birinchi arab bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG