Линклар

Rossiyaning Ryazan viloyat sudi rossiyaliklarni terrorchilar safiga yollashda ayblangan O‘zbekiston fuqarosini to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Xabarlarda aytilishicha, o‘zbekistonlik Ryazan viloyatida 2013 yildan beri noqonuniy yashab kelgan va internet orqali IShID vakillari bilan muntazam aloqada bo‘lgan. Rus matbuotining yozishicha, o‘zbekistonlikning akasi IShID safida jang qilgan.

2014 yil bahorida ayblanuvchi “Odnoklassniki” tarmog‘ida IShID saflariga kirmoqchi bo‘lgan rossiyaliklar bilan tanishib, ularga IShIDchilar bilan bog‘lanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni bergan.

Sud jarayonida ayblanuvchi o‘ziga qo‘yilgan ayblovni to‘la tan olgan.

XS
SM
MD
LG