Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:33

O‘zbekiston MDHda qudrati bo‘yicha 4-o‘rindagi armiyaga ega


Global Firepower Index tomonidan tuzilgan jahonning eng qudratli armiyalari reytingida O‘zbekiston 126 mamlakat ichida 54 - o‘rinni egalladi.

Reytingda O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyodagi eng kuchlisi armiya ekani ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Qurolli kuchlari bugungi kunda 420ta tank, 715ta harbiy mashina, 143ta o‘zi yurar to‘plar, 880ta uzoqqa otuvchi to‘plar, 109ta yoppasiga o‘q uzish tizimlariga ega.

Harbiy havo kuchlari safi esa 69ta qiruvchi samolyot, 89ta boshqa turdagi hujumkor samolyotlar, 49ta transport samolyotlari hamda 65ta oddiy va 25ta jangovar vertolyotlardan va boshqa texnikadan tashkil topgan.

Reytingda aytilishicha, 2015 yilda O‘zbekiston harbiy byudjeti 70 million dollarni tashkil qilgan. O‘zbekiston qurolli kuchlarida taxminan 65 ming askar va zobit xizmat qiladi.O‘zbekiston 2014 yilda ham Global Firepower Index reytingida 54 –o‘rinni egallagan edi.

Yangi reytingda AQSh birinchi, Rossiya va Xitoy mos ravishda ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlarni egallagan. Yuqori o‘ntalikka, shuningdek, Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya, Turkiya kirgan.

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida Rossiya (2-o‘rin), Ukraina (25-o‘rin) va Belarus (45-o‘rin)dan keyingi 4-o‘rinni egalladi.

XS
SM
MD
LG