Линклар

logo-print

Ukraina parlamenti 16 fevral kuni Bosh vazir Arseniy Yatsenyukka ishonchsizlik bildirish qarorini qo‘llab-quvvatlamadi.

Prezident Petro Poroshenko avvalroq so‘zlagan nutqida “Hukumatga nisbatan ishonchni qayta tiklash maqsadida” Yatsenyukni iste’fo berishga chaqirgan edi.

Ukraina Oliy radasi deputatlarining 194 nafari shundan so‘ng Yatsenyukka ishonchsizlik bildirishni qo‘llab ovoz bergan. Biroq Bosh vazir iste’foga chiqishi uchun jami 226 deputatning ovozi talab qilinadi. Shunday qilib, Yatsenyuk hukumatini iste’foga chiqarish uchun 32 ovoz etmay qoldi.

Ukrainadagi “Reyting” ijtimoiy so‘rov guruhi yaqinda o‘tkizgan so‘rov natijalariga qaraganda, ukrainaliklarning 18 foizi Yatsenyuk hukumatidan norozilik bildirmoqda. Bu esa norozilar safi kundan kunga oshib borayotganini ko‘rsatadi. Avvalgi so‘rovlarda hukumatdan norozilik bildirgan ukrainaliklar soni ancha oz edi.

XS
SM
MD
LG