Линклар

NATO davlatlari va BMT 15 fevral kuni Suriyadagi kasalxonalar hamda maktablarga berilgan havo zarbalarini keskin qoraladi. Mazkur hujumlar ortidan, BMTning ma’lum qilishicha, 50dan ortiq tinch aholi vakili, jumladan, bolalar halok bo‘lgan.

Xabarlarda aytilishicha, Suriya shimolida kamida beshta kasalxona va ikkita maktab havodan turib bambardimon qilingan. BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun bu hujumlarni "xalqaro huquqning qo‘pol tarzda buzilishi”, deb baholadi va bu kabi voqealar Suriyada tinchlik o‘rnatish harakatlariga “soya solayotgani”ni ta’kidladi. BMT Bosh kotibi o‘z nutqida mazkur hujumlarda Rossiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblashdan tiyildi.

Dunyoning boshqa yetakchi davlatlari ham Suriyadagi kasalxonalar va maktablarga qilingan hujumlarni qoraladi. Turkiya esa mazkur hujumlarda bevosita Rossiyani ayblab bayonot berdi. Biroq Kreml Turkiyaning bu ayblovini inkor etmoqda.

Seshanba kuni BMT Suriya hukumati qamalda qolgan yetti mintaqaga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun ruxsat berganini bildirdi. Muxolifat nazoratidagi mazkur mintaqalar hukumat kuchlari qamali ostida qolgan edi.

XS
SM
MD
LG