Линклар

Jahonning ikki yirik neft qazib oluvchi davlati – Rossiya va Saudiya Arabistoni neft ishlab chiqarishni 2016 yil yanvar oyi darajasida muzlatib qo‘yishga kelishib oldi. Bu kelishuvga Venesuela va Qatar ham qo‘shildi.

Saudiya Arabistoni neft sanoati vaziri Ali al Naimiy 16 fevral kuni Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak bilan Qatar poytaxti Doxada o‘tgan muzokaralardan so‘ng jurnalistlarga “Neft qazib olishni 2016 yil yanvar oyi darajasida muzlatib turish eng maqbul qaror” ekanini aytdi. Naimiy bu kelishuvga Qatar va Venesueladan boshqa davlatlar ham qo‘shilishiga umid bildirdi.

Ayni paytda Eron xalqaro izolyatsiyadan chiqqanidan so‘ng jahon neftь bozorida o‘z o‘rninini egallash maqsadida neft qazib olishni misli ko‘rilmagan darajada ko‘paytirishini ma’lum qilgan.

Rossiya va Saudiya Arabistoni bir barrel neft narxining 34 dollardan pastga tushib ketgani ortidan neft qazib olishni muzlatishga majbur bo‘lmoqda. O‘tgan yilning iyun oyidan to shu kungacha neftning jahon narxi 70 foizga arzonlab ketdi. Bu esa iqtisodi neft hom ashyosiga bog‘liq bo‘lgan Rossiya, Ozarbayjon, Iroq va boshqa davlatlarda iqtisodiy inqirozni keltirib chiqardi.

XS
SM
MD
LG