Линклар

logo-print

O‘zbekiston parlamenti Inson huquqlari bo‘yicha vakili – Ombudsmanning 2015 yildagi faoliyatiga doir hisobot Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida eshitilgani to‘g‘risida Palata rasmiy sayti xabar qildi.

Xabar “Ta’kidlandiki, inson huquqlari to‘g‘risidagi milliy qonun hujjatlarini takomillashtirishga ko‘maklashish, ularga rioya etilishi monitoringini amalga oshirish, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholining va davlat organlari vakillarining huquqiy ongi va xabardorligini oshirish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish hisobot yilida Ombudsman faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘ldi”, kabi umumiy gaplardan iborat.

Mamlakat Ombudsmaniga o‘tgan bir yil ichida necha kishi murojaat qilgani, necha kishiga yordam berilgani, fuqarolar asosan qanday muammolar bilan murojaat qilayotgani to‘g‘risida xabarda hech qanday ma’lumot aytilmagan.

“Har tomonlama muhokama qilish davomida bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda, deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining 2015 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni ma’qulladilar va tegishli qaror qabul qildilar”, deyilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot xizmati xabarida.

XS
SM
MD
LG