Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:46

O‘zbekistonda tuman hokimlaridan fermerlarga yer berish huquqi olib qo‘yildi


Vazirlar Mahkamasi 10 fevralda qabul qilgan qarorga binoan fermerlarga yer maydonlarini bundan buyon tuman hokimi emas, balki fermerlarning hududiy kengashlari va yer uchastkalari berish masalalari bo‘yicha komissiyalar xulosasiga asosan Xalq deputatlari tuman kengashi qabul qiladi.

Bu haqdagi xabarlarda aytilishicha, fermerning yer so‘rab yozgan arizasini fermerlar hududiy kengashiga topshiradi, Kengash arizani 2 kun ichida ko‘rib chiqadi va xulosasini arizaga qo‘shib yer uchastkalari berish masalalari bo‘yicha komissiyaga topshiradi.

Komissiya o‘z qarorini Xalq deputatlari tuman kengashiga yuboradi. Masala bo‘yicha qarorni Kengash o‘z sessiyasida qabul qiladi va uni hokimga yuboradi.

2015 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 83 ming 514 fermer xo‘jaligi mavjud bo‘lgani va ularning har biriga berilgan yerlar o‘lchami o‘rtacha 43,9 gektarni tashkil qilgan.

Vazirlar Mahkamasi 2015 yil 15 dekabrda qabul qilgan qaror bilan fermer xo‘jaliklari yer maydonlarini “maqbullashtirish” jarayoni o‘tkazildi fermerlar ixtiyoridagi yerlar qayta taqsimlanib, 101 ming 70ta fermer xo‘jaligi tashkil etildi, yer maydonining o‘rtacha o‘lchami 36,1 gektarni tashkil qildi.

XS
SM
MD
LG