Линклар

Rossiya Suriyada Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlash bilan strategik xatoga yo‘l qo‘ymoqda, deb bayonot berdi AQSh prezidenti Barak Obama seshanba kuni.

Obamaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Suriyada “botqoqqa botmoqda”. AQSh prezidenti Suriyada Putin bilan musobaqalashmayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Ittifoqchi sifatida batamom vayron bo‘lgan va qo‘llab-quvvatlash uchun milliardlab dollar sarflanishi lozim bo‘lgan mamlakatni tanlash bilan Rossiya nima qozonayotgani to‘g‘risida o‘zimizga savol berish oldimizda turgan real masaladir”, dedi Obama. U Suriyani muntazam okkupatsiya ostida ushlab turish Rossiyaga qimmatga tushishidan ogohlantirdi. “Mamlakatning to‘rtdan uch qismi hanuz Bashar Asad nazoratida emas va bu holat yaqin vaqt ichida o‘zgarmaydi”, dedi AQSh prezidenti.

Barak Obama Suriyada tinchlikka erishish qiyin bo‘layotgani uchun aybning katta qismini yana bir bor Kreml zimmasiga yukladi. Prezident fikricha, agar Rossiya bombardimonlarni davom ettiraveradigan bo‘lsa, Suriya muxolifati o‘t ochishni to‘xtatmaydi.

XS
SM
MD
LG