Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:19

Tahdid ostida yashayotgan eks-bosh vazir chet elga ketib qolmoqchi emas


Xalq ozodligi partiyasi (Partii narodnoy svobodi (PARNAS) lideri, Rossiya eks-bosh vaziri Mixail Kasyanov so‘nggi oylarda o‘ldirish tahdidi bitilgan bir necha xabar olganiga qaramay Rossiyani tark etmoqchi emas. Bu haqda eks-bosh vazir Reuters agentligiga bergan intervyusida aytdi.

Kasyanovga ko‘ra, safdoshi Boris Nemsov o‘tgan yilning 27 fevralida Kreml yaqinida otib o‘ldirilganidan so‘ng PARNASning Davlat Dumasiga saylov ro‘yxatini boshlab berish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng Kreml va millatchi guruhlar uni o‘zlarining “birinchi dushmani”, deb e’lon qilgan.

Joriy oyning o‘zidayoq Kasyanovga ikki marta hujum qilingan. 9 fevralda Moskvadagi restoranda uning yuziga chechen ekanligi taxmin qilingan shaxslar tort otgan, bir necha kundan so‘ng millatchi guruhlar tuxum otgan edi.

XS
SM
MD
LG