Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:10

Yuliya Timoshenkoning "Batkivshchina"si hukmron koalitsiyadan chiqdi


Ukraina parlamentidagi "Batkivshchina" fraksiyasi hukmron koalitsiyadan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda chorshanba kuni fraksiya yetakchisi Yuliya Timoshenko bayonot berdi.

"Batkivshchina" fraksiyasi bosh vazir Arseniya Yatsenyuk hukumatiga ishonchsizlik bildirish bo‘yicha seshanba kuni o‘tkazilgan ovoz berishdan o‘z noroziligini bildirmoqda. Yatsenyuk hukumati faoliyatini parlament qoniqarsiz, deb baholadi, lekin ayni paytda ishonchsizlik bildirmadi.

Prezident Petro Poroshenko avvalroq so‘zlagan nutqida “Hukumatga nisbatan ishonchni qayta tiklash maqsadida” Yatsenyukni iste’fo berishga chaqirgan edi.

Ukraina Oliy radasi deputatlarining 194 nafari shundan so‘ng Yatsenyukka ishonchsizlik bildirishni qo‘llab ovoz bergan. Biroq Bosh vazir iste’foga chiqishi uchun jami 226 deputatning ovozi talab qilinadi. Shunday qilib, Yatsenyuk hukumatini iste’foga chiqarish uchun 32 ovoz yetmay qoldi.

Ukrainadagi “Reyting” ijtimoiy so‘rov guruhi yaqinda o‘tkizgan so‘rov natijalariga qaraganda, ukrainaliklarning 18 foizi Yatsenyuk hukumatidan norozilik bildirmoqda. Bu esa norozilar safi kundan kunga oshib borayotganini ko‘rsatadi. Avvalgi so‘rovlarda hukumatdan norozilik bildirgan ukrainaliklar soni ancha oz edi.

XS
SM
MD
LG