Линклар

logo-print

Futzal bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan Osiyo birinchiligining chorak finalida O‘zbekiston jamoasi Iroq jamoasi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, mazkur sport turi bo‘yicha ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati 2016 yili Kolumbiyada bo‘lib o‘tadi.

19 fevralda o‘zbek futzalchilari Osiyo birinchiligining yarim finalida tailandlik raqiblariga qarshi maydonga tushadi. Yarim finalning ikkinchi juftligi Eron – Qirg‘iziston va Yaponiya – Vyetnam uchrashuvlaridan so‘ng aniqlanadi. Birinchilikning final o‘yini 21 fevralda Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Futzal bo‘yicha 2016 yilgi Osiyo birinchiligi Tayvanda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq keyinroq FIFA xalqaro futzal turnirlari jadvaliga o‘zgartish kiritgan va mezbonlik huquqini O‘zbekistonga bergan.

XS
SM
MD
LG