Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:59

Anqarada qonli chorshanba: 28 odam halok bo‘ldi


Anqaradagi terror harakati turk harbiylariga qarshi qaratilgani aytilmoqda.
Anqaradagi terror harakati turk harbiylariga qarshi qaratilgani aytilmoqda.

Turkiya poytaxti Anqarada 17 fevral kuni kechga yaqin sodir etilgan portlashda 28 odam halok bo‘ldi, 61 odam yaralandi. Turkiya Bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘ portlashlar terrorchilik harakati bo‘lganini aytdi. AQSh, Germaniya, NATO va boshqa davlatlar Turkiyaga fojea munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Portlash parlament va harbiy shtab binosidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda sodir etilgan. Gubernator Mexmet Kilichlar bomba harbiylarni olib ketayotgan avtobuslarni portlatish maqsadida o‘rnatilgan, degan taxmin borligini aytdi. Portlash sodir bo‘lgan hududda bir nechta avtomashina yonib ketgan.

Turkiya Bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘ portlashlar terrorchilik harakati bo‘lganini aytdi.

Анқарадаги террорда 28 одам ҳалок бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:33 0:00

Turk rasmiylari hozircha terrorchilik harakatini qaysi guruh amalga oshirgani noma’lum bo‘lib qolayotganini bildirmoqda. Keyingi paytlarda mamlakat hududida kurd isyonchilari, IShID va boshqa so‘lchi ekstremistlar qator terrorchilik harakatlarini sodir etgan.

O‘tgan yilning oktyabrida Anqarada sodir etilgan terrorchilikda 102 fuqaro halok bo‘lgan edi. O‘shanda terrorchilik harakatini IShID sodir etgani aytilgan edi.

Anqaradagi so‘nggi voqealar munosabati bilan prezident Rejab Toyyip Erdo‘g‘on Ozarbayjonga, Bosh vazir Ahmad Dovuto‘g‘li esa Belgiyaga rasmiy safarlarini bekor qildi.

Prezident Rejab Toyyip Erdo‘g‘on mazkur terror “barcha ahloqiy va insoniy chegaralarni buzib o‘tgan”ini ta’kidlab, mudhish jinoyatni sodir etganlarga kuch bilan javob qaytarilishini bildirdi.

AQSh, Germaniya, NATO va boshqa davlatlar Turkiyaga fojea munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Qo‘shma Shtatlar turk harbiylari va tinch fuqarolariga nisbatan uyushtirilgan terrorni kesin qoralaydi, -dedi AQSh Davlat departamenti rasmiysi Mark Toner.- Biz umumiy dushmanimiz bo‘lgan terrorga qarshi kurashda NATOdagi ittifoqchimiz Turkiya bilan hamkorlik qilishda sobit ekanimizni tasdiqlaymiz”.

Germaniya kansleri Angela Merkel: “Nemis xalqi siz bilan bu og‘riqni bo‘lishadi. Noinsoniy hujumlarni amalga oshirayotganlarga qarshi kurashda biz Turkiya tomonidamiz”, deb bayonot berdi.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg: “Bu kabi mudhish hujumlarni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. NATOterrorchilikka qarshi ittifoqchilari bilan yelkama yelka turib kurashadi”, deb fikr bildirdi.

Turk rasmiylari hozircha terrorchilik harakatini qaysi guruh amalga oshirgani noma’lum bo‘lib qolayotganini bildirmoqda. Keyingi paytlarda mamlakat hududida kurd isyonchilari, IShID va boshqa so‘lchi ekstremistlar qator terrorchilik harakatlarini sodir etgan.

Tahlilchilar so‘nggi o‘ttiz yil ichida Turkiyadagi isyonchilik faoliyatini davom ettirayotgan Kurd ishchi partiyasi turk harbiylari va harbiy punktlarini nishonga olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganini aytmoqda. Turk Qurolli kuchlari kurd isyonchilariga qarshi o‘tgan yilning dekbaridan beri keng miqyosli amaliyotlar o‘tkazayotgani bunga sabab o‘laroq ko‘rilmoqda.

Mazkur portlash so‘nggi bir necha oy ichida Anqarada sodir etilgan ikkinchi terror harakati bo‘ldi. O‘tgan yilning oktyabrida Anqarada terrorchilar qo‘lidan 102 fuqaro halok bo‘lgan edi. O‘shanda terrorchilik harakatini IShID sodir etgani aytilgan.

O‘tgan oyda Istanbulning Sultonaxmet mavzesida xudkush o‘zini portlatgani oqibatida 11 nafar germaniyalik sayyoh halok bo‘lgan edi. O‘tgan yilning iyulida esa Turkiyaning Suriya bilan chegarasi yaqinidagi Suruch shahridagi terror harakatida 30 odam halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG