Линклар

logo-print

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston joriy yilning birinchi yarmida Investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha kengashni tashkil qiladi. Bu haqda YeIning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Yuriy Shtrekka tayangan holda 17 fevral kuni o‘zbek mahalliy matbuoti xabar tarqatdi.

Shtrekning aytishicha, mazkur kengashning tashkil etilishi YeI va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikning kengayishiga sabab bo‘ladi.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning Rossiya va Xitoydan keyin uchinchi o‘rinda turadigan muhim savdo hamkoridir. YeI va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 1 milliard 800 million evroni tashkil qiladi.

2015 yil iyulida Yevropa Ittifoqi 2020 yilgacha O‘zbekistonga 168 million yevro miqdorida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish rejasini tasdiqlagan. Mazkur ko‘mak irrigatsiya infrastrukturasini yaxshilash, agrobiznesda energiyaning qayta tiklanuvchi manbaalarini joriy etish va viloyatlarda yangi ish o‘rinlari tashkil etish loyihalariga sarflanadi.

XS
SM
MD
LG