Линклар

Tatariston poytaxti Qozonda O‘zbekistonning ikki fuqarosi bundan 15 yil oldin sodir etilgan jinoyati uchun sudlanmoqda.

Markaziy Osiyo yangiliklar xizmatining chorshanba kuni xabar berishicha, 51 yoshli Inom Mahkamov va 44 yoshli Igorь Susanov 2000 yilning 20 dekabriga o‘tar kechasi Tataristonning Salmachi qishlog‘idagi uylardan biriga bostirib kirib, bu uyda yashaydigan barcha odamlarni o‘ldirgan.

Tergovning bildirishicha, ular uy egasini qiynoqqa solib pul va qimmatbaho buyumlar qaerda saqlanishini so‘ragan. Ammo javob ololmagach, uy egasini, uning xotinini, ikki farzandini va bir mehmonni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Mahkamov uy egasining xotinini o‘ldirishdan oldin zo‘rlagan.

Shundan so‘ng jinoyatda ayblanayotganlar uyni tintuv qilib, qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab, uyga o‘t qo‘ygan. Jinoyatchilar mazkur voqeadan so‘ng O‘zbekistonga qaytib ketgan.

2015 yilning yozida Inom Mahkamov Peterburgga kelgan va bu yerda uni politsiya qo‘lga olgan.

Ayni paytda sud jarayoni davom etmoqda. Tatariston prokuraturasi sud jarayoni yakunlanganidan so‘ng qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG