Линклар

AQSh Mudofaa vazirligi rasmiysi polkovnik Stiv Uorren joriy haftada Suriyada tinchlik o‘rnatish to‘g‘risidagi xalqaro bitim kuchga kirishiga qaramay, Rossiya Suriyada havo hujumlari sonini kamaytirmaganini bildirdi.

Rossiya, Qo‘shma Shtatlar, Turkiya va boshqa davlatlar 18 fevraldan boshlab Suriyadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha bitimga kelgan edi. Stiv Uorren 17 fevral kuni Moskva bu bitim shartlariga befarq qarayotganini va muxolifatga zarba berish ortidan prezident Bashar Assad pozitsiyasini mustahkamlayotganini aytdi.

Ayni paytda Rossiya o‘zining Suriyadagi harbiy harakatlari terrorchilik guruhlarini yo‘q qilishga qaratilganini bildirib kelmoqda. Biroq AQSh va uning ittifoqchilari Rossiya Bashar Assadga qarshi kurashayotgan mo‘’tadil muxolifat kuchlariga zarba berayotganini aytib kelmoqda.

Rossiya muxolifatning asosiy tayanch nuqtasi bo‘lgan Halab shahrini so‘nggi marta bombardimon qilganidan so‘ng minglab suriyaliklar uylarini tashlab, Turkiya tomonga qochishga majbur bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG