Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:34

O‘zbekistonlik bolalar davolanish uchun Germaniyaga jo‘natildi


O‘zbekistonlik 11 nafar bola chorshanba kuni davolanish uchun Toshkentdan Germaniyaga jo‘natildi.

“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining payshanba kuni bildirishicha, o‘zbekistonlik bolalar Germaniyada bepul davolanadi. Ularning Germaniyadagi barcha harajatlari Friedensdorf International gumanitar tashkiloti tomonidan to‘lanadi.

Xabarda aytilishicha, 2002 yildan to shu kungacha o‘zbekistonlik 300 bola Germaniya kasalxonalarida davolanib qaytgan.

1967 yilda tashkil etilgan Friedensdorf International tashkiloti dunyoning 35 mamlakatida faoliyat yuritadi. Mazkur tashkilot 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning davolanishi uchun ko‘mak ko‘rsatadi.

XS
SM
MD
LG