Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:17

AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar ko‘lamini kengaytirdi


AQSh prezidenti Barak Obama Shimoliy Koreyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni kengaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Mazkur qonun Shimoliy Koreya hukumati atom bombasini sinovdan o‘tkazgani, inson huquqlarini buzayotgani va AQSh hukumat saytlariga xakerlik hujumlari uyushtirgani ortidan qabul qilindi.

7 fevralda Shimoliy Koreya koinotga sun’iy yo‘ldosh chiqargani haqida bayonot bergan. AQSh va Janubiy Koreya Shimoliy Koreya ballistik raketani sinovdan o‘tkazganini yashirish maqsadida mana shunday xabar tarqatgan, deb hisoblaydi. 6 yanvar kuni esa Shimoliy Koreya hukumati vodrod bombasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkizgani haqida bildirgan edi.

Mazkur xabarlar ortidan BMT va Yevropa Ittifoqi ham Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etdi.

XS
SM
MD
LG