Линклар

logo-print

Yevropa komissiyasi raisi Jan Klod Yunker Yevropa Ittifoqi liderlari Britaniyaning ittifoq tarkibida qolishi yuzasidan murosaga kelishiga ishonchi komil ekanini aytdi.

Yunkerning 18 fevral kuni bildirishicha, Yevropa Ittifoqi liderlari bu masalada yaqin kunlar ichida qaror qabul qiladi.

Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron Yevropa Ittifoqini isloh qilish bo‘yicha o‘z takliflari qabul qilinishiga umid bildirdi. Unga ko‘ra, agar ittifoq isloh qilinsa, Britaniya a’zolikdan chiqmasligi mumkin. Britaniyada Yevropa Ittifoqida qolish yoki qolmaslik masalasida referendum iyun oyida o‘tkaziladi.

Yevropa Kengashi prezidenti Donalьd Tusk Yevropa Ittifoqining kelajagi Britaniyaning ittifoqda qolishiga bog‘liq ekanini aytdi.

Devid Kemeron Yevropa Ittifoqidan migrantlar oqimini kamaytirish uchun ijtimoiy posobiyalar hajmini ozaytirishni, Britaniya uchun moliyaviy kafolatlar berilishini va ittifoq raqobatbardoshligini oshirish choralarini ko‘rishni talab qilayotir.

XS
SM
MD
LG