Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:31

Obama Kubaga qachon borishini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Barak Obama 18 fevral kuni o‘z internet blogida Kubaga rejalashtirilgan rasmiy safar 21 - 22 mart kunlari bo‘lib o‘tishini bildirdi. Obama Kubaga rafiqasi Mishel bilan birga borishini ma’lum qilgan.

Avvalroq Obamaning Kubaga mart oyida borishi xabar qilingan, biroq bu safar ayni qaysi kunlari bo‘lib o‘tishi nom’lum qolayotgan edi.

Obama keyingi 70 yil ichida Kuba tuprog‘iga qadam bosgan birinchi Amerika prezidenti bo‘ladi.

Mart oyida bo‘lishi kutilayotgan ushbu safarning AQSh-Kuba munosabatlarida tarixiy burilish yasashi kutilmoqda.

Bundan bir yil oldin Obama va Kuba davlat kengashi raisi Raul Kastro o‘zaro munosabatlarni iliqlashtirishni boshladi.

Shundan so‘ng ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tiklandi¸ Davlat kotibi Jon Kerri Havanaga safar qildi¸ o‘zaro havo qatnovi qayta yo‘lga qo‘yildi.

XS
SM
MD
LG