Линклар

logo-print

Saudiya Arabistoni AQShning IShIDga qarshi Suriyada o‘tkazadigan har qanday yer usti amaliyotida ishtirok etishga tayyor. Bu haqda payshanba kuni Frans-press agentligiga Saudiya Arabistoni ichki ishlar vaziri Odil al Jubayr ma’lum qildi.

Jubayr Saudiya Arabistoni Suriyada mustaqil tarzda prezident Bashar Assadga qarshi yer usti amaliyoti o‘tkazmasligini ta’kidladi.

Jubayr Yamanda shia isyonchilariga qarshi Saudiya Arabistoni o‘tkazayotgan harbiy amaliyot Yamanda qonuniy hukumat qayta tiklanmaguniga qadar davom etishini aytdi.

Saudiya ichki ishlar vaziri neft narxi tushib ketayotganiga qaramay, o‘z mamlakati neft qazib olish hajmini kamaytirmasligini bildirdi. Seshanba kuni Saudiya Arabistoni Rossiya bilan neft qazib olishni yanvar oyi darajasida muzlatib qo‘yishga kelishib olgani xabar qilingan edi.

XS
SM
MD
LG