Линклар

O‘zbekiston Moliya vazirligini 90- yillar boshida to‘rt yil boshqargan, senator Erkin Boqiboev 82 yoshida olamdan o‘tdi.

Boqiboev Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, u so‘nggi 17 yil davomida "Nuroniy" jamg‘armasiga raislik qilgan.

U 1991 yili O‘zbekiston Markaziy Bankiga bir yil raislik qilgan.

Boqiboev "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni, "Do‘stlik" va “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan.

XS
SM
MD
LG