Линклар

logo-print

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Anqarada 28 odam hayotiga zomin bo‘lgan terorchilik hujumi munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rejab Toyyip Erdo‘g‘onga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

Bu haqda xabar qilgan O‘zbekiston Tashqi ishlari vazirligiga ko‘ra, Islom Karimov "Turkiya prezidentiga va turk xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolariga hamda yaqinlariga samimiy hamdardlik" bildirgan.

Anqarada 17 fevral kuni amalga oshirilgan terror xuruji oqibatida 28 odam qurbon bo‘ldi, 61 odam yaralandi.

Turkiya Anqaradagi terror hujumi uchun kurd jangarilarini ayblab, hujum ortidan turk qiruvchi uchqichlari Shimoliy Iroqdagi kurd jangarilari istehkomlarini nishonga oldi. Terrorga aloqadorlikda gumonlanib 14 odam hibsga olindi.

XS
SM
MD
LG