Линклар

Ukrainadan O‘zbekistonga kelayotgan 12ta yuk mashinasini Rossiya o‘tkazmadi.

Rus nashrlariga ko‘ra, 12ta yuk mashinasi Rossiyaning Saratov viloyati hududida to‘xtatib qolingan. Mashinalar ichida sanoat mahsulotlari borligi aytilayapti.

O‘zbekistonga tegishli yuklarning Rossiyadan ortga qaytarilishi ilk bor kuzatilmayapti.

Dekabr oyida Rossiya O‘zbekistonning 29 tonna sabzavotini ortga qaytardi.

O‘tgan yilning iyun oyida Rosselxoznadzor O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tegishli jami 205 tonna meva va sabzavotni chegaradan o‘tkazmadi.Tashkilot yuklar orasida Rossiyaga kiritilishi taqiqlangan sabzavot va mevalar borligini ro‘kach qilgan edi.

22 may kuni Rossiyaning Bryansk va Smolensk oblastlari Veterinariya va fitosanitariya nazorati idorasi Ukrainaning Vinnitsa shahridan O‘zbekistonga olib kelinayotgan Roshen fabrikasi mahsulotlarini ortga qaytargan edi.

Rossiya nazoratchilari o‘zbek tadbirkorlariga mo‘ljallangan 20 tonna quruq sut va sariyog‘ rasmiylashtirilmaganini gapirgan.

Belarus orqali O‘zbekistonga jo‘natilayotgan 1 ming tonna Litva sariyog‘i ham Rossiya chegarasiga yetmasdan ortga qaytarilgan edi.

XS
SM
MD
LG