Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:14

O‘shda Shavkat Rahmonning Qirg‘izistonda nashrdan chiqqan kitobi taqdimoti o‘tkazildi


19 fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi O‘sh O‘zbek musiqali drama akademik teatrida atoqli shoir Shavkat Rahmonning Qirg‘izistonda nashrdan chiqqan "Abadiyat oralab" kitobi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda o‘zining Feysbukdagi sahifasida xabar qilgan o‘shlik jurnalist va bastakor Ziyo Shokirning yozishicha, marosimda O‘zbekistondan kelgan mehmonlar: jurnalist Ahmadjon Meliboev, shoir Tursunboy Adashboev, adabiyotshunos Qozoqboy Yo‘ldoshev, publitsist Zuhriddin Isomiddinovlar ishtirok etgan.

Tadbirda o‘zbekistonlik mehmonlar Shavkat Rahmon to‘g‘risidagi xotiralarini aytib berdi, maktab o‘quvchilari va talabalar Shoirning she’rlaridan namunalar o‘qidi.

“Toshkentlik mehmonlar o‘zlarining O‘shga kelishini qor ostidan ko‘ringan boychechakka qiyosladilar, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalar yana tiklanib ketishiga umid qildilar”, deb xabar qildi Ziyo Shokir.

XS
SM
MD
LG