Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:08

Meksika Qrimga tegishli kemani Ukrainaga “qaytib berdi”


Ukraina davlat gaz shirkatining xabar berishicha, Meksika prokurorlari Qrimda joylashgan shirkatga tegishli kemani Rossiya emas, Ukrainaga qaytib berishni buyurgan.

Kemaning yakuniy egasi “Naftogaz” bu haqda 18 fevral kuni o‘z vebsaytida xabar qildi.

“Titan-2” deb nomlanuvchi kema “Naftogaz”ning Qrimda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘limi bo‘lmish “Chornomornaftogaz” shirkatiga tegishlidir. Qrim yarimorolining 2014 yil Rossiya tomonidan kuch ishlatib anneksiya qilib olinishi xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin qoralandi va G‘arb mamlakatlari tomonidan Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy qilinishiga sabab bo‘ldi.

Kemani 2003 yil ijaraga bera boshlashgan. Undan oxirgi marta foydalangan Oceanografia SA de CV Meksika shirkati bankrot bo‘lganidan keyin, mahalliy moliya institutlari kemani musodara qilgan.

Bu Rossiya Qrimni istilo qilganidan keyin Kievda qayta ro‘yxatga olingan “Chyornomornaftogaz”ning egalik huquqlarini boshqa mamlakat rasmiylari tomonidan ilk marotaba rasman tan olinishidir”, deyiladi bildiruvda.

“Titan-2” ko‘tarish krani bilan jihozlangan bo‘lib, suv ustida qalqib turuvchi platformalarni qurish, ta’mirlash hamda buzish uchun mo‘ljallangan. Kemaning Ukrainaga berilishi Kievga undan kelajakda qanday foydalanish bo‘yicha qaror chiqarish imkonini beradi.

Meksika prokuraturasi bu ish bo‘yicha hali rasmiy izoh bergani yo‘q.

The New York Times hisoblariga ko‘ra, Rossiya Qrimni egallab olganidan keyingi ilk 10 oy davomida yarimorolning Kreml tayinlagan rasmiylari ukarinaliklarning 1 milliard AQSh dollaridan oshiq qiymatga ega ko‘chmas mulkini egallab olishgan.

Gaagadagi doimiy hakamlar sudi 6 yanvar kuni Ukrainaning uchinchi eng badavlat fuqarosi bo‘lmish Igor Kolomoyskiyning ishini ko‘rib chiqishini bildirdi. Kolomoyskiy anneksiya ortidan 15 million AQSh dollar zarar ko‘rganini iddao qilmoqda. Tadbirkorning aytishicha, unga tegishli shirkat Qrimdagi Sevastopol xalqaro aeroportining yo‘lovchi terminalidan 2020 yilgacha foydalanish huquqidan ayrilgan.

2015 yilning sentyabr oyida Ukraina Qrim anneksiyasi sabab taxminan 1,2 trillion grivna (55,5 milliard dollar) zarar ko‘rganini bildirdi.

O‘tgan oyda prezident Petro Poroshenko Ukraina Kremlning istilosi yuzasidan Rossiyani xalqaro sudlarga berishini bildirdi.

Anna Shamanskaya qalamiga mansub ushbu maqola Nodir Ataev tomonidan o‘zbekchaga o‘girildi

XS
SM
MD
LG