Линклар

Toshkentdagi chinorlarni “Murad Buildings” kesayotgani fosh bo‘ldi


Chilonzodagi chinorlarni kesayotgan "Murad Buildings" rahbari Murod Nazarov o‘zini Toshkentni ko‘rkamlashtirayotgan quruvchi deb reklama qiladi.

Chilonzodagi chinorlarni kesayotgan "Murad Buildings" rahbari Murod Nazarov o‘zini Toshkentni ko‘rkamlashtirayotgan quruvchi deb reklama qiladi.

Toshkentning Chilonzor tumanida ko‘p yillik chinorlarni kesib, o‘rniga avtomobillar turar joyi va ko‘p qavatli uy qurishni boshlagan “Murad Buildings” developerlik shirkati bo‘lib chiqdi. 16 fevral kuni Chilonzorning 6-mavzesida 100 dan ortiq azim chinor kesilib, ulkan bog‘ vayron etilgani aholi noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi mulozimlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda ayni hududdagi bir gektarlik yer maydoni “Murad Buildings” xususiy develeporlik shirkati ixtiyoriga berilganini tasdiqladi.

Chilonzorning 6-mavzesida 100 dan ortiq azim chinor kesilib, ulkan bog‘ vayron etildi.

Chilonzorning 6-mavzesida 100 dan ortiq azim chinor kesilib, ulkan bog‘ vayron etildi.

– Hokimiyatning qarori bilan u yer avtostoyanka va turar joy binosi qurilishi uchun “Murad Buildings” shirkatiga berilgan, - dedi ismi sir qolishini istagan hokimiyat rasmiysi.

Shu hafta boshida Chilonzor tumanining 6-mavzesidagi ko‘p qavatli uylar orasidagi ulkan chinorlarning kesilishi u yerda yashovchi aholi noroziligiga sabab bo‘ldi.

Ayni paytda Facebook tarmog‘idagi “Potrebitel plyus” guruhi foydalanuvchilari ham Chilonzorning 6-mavzesidagi chinorlarning kesilishi ortida “Murad Buildings” shirkati turgani haqidagi o‘z surishtiruvi natijasini e’lon qildi.

Tarmoq foydalanuvchilari shirkat mart oyidan ayni hududda qurilish boshlashni rejalayotganini tasdiqlovchi yozishmalarni tarmoqda e’lon qildi.

“Murod Buildings” mart oyidan Chilonzorning 6-mavzesida qurilish boshlashni rejalayotganini tasdiqlovchi yozishmalar.

“Murod Buildings” mart oyidan Chilonzorning 6-mavzesida qurilish boshlashni rejalayotganini tasdiqlovchi yozishmalar.

Facebook foydalanuvchilaridan birining “Chilonzorda nimadir qurayapsizmi?”, degan savoliga “Murad Buildings” vakili “Ha Chilonzorda mart oyidan qurilish boshlaymiz, orientir 6-kvartal”, - deya javob qilgan.

Bir-biridan mustaqil ikki manbaning Chilonzordagi chinorzorlar aynan "Murad Buildings" tomonidan kesilganini tasdiqlashiga qaramay¸ shirkatning Ozodlik suhbatlashgan xodimi Chilonzorning 6-mavzesidagi qurilishga "Murad Buildings" aloqasi yo‘qligini bildirdi:

- Shirkatning kelgusidagi rejalarini bilmayman, lekin ayni vaqtda "Murad Buildings" Chilonzorning 6-mavzesida qurilish olib borayotgani yo‘q, - deya gapni qisqa qildi shirkat vakili.

Ozodlik muxbiri kun davomida "Murad Buildings" bosh direktori Murod Nazarovning o‘zi bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘la olmadi - telefon kun davomida o‘chiqligicha qoldi.

"Murad Buildings" - quruvchimi¸ buzuvchi?

O‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Chilonzorda ko‘p yillik daraxtlarni kesib tashlab o‘rniga avtomobillar turish joyi qurilayotganini qattiq qoralamoqda.

Xususan¸ Facebook tarmog‘idagi “Potrebitel plyus” guruhi foydalanuvchilari ana shu norozilik ortidan chinorlarni kim kesaëtgani yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv natijasini muhokama qilmoqda.

Aytilishicha¸ hokimiyat tomonidan 11 daraxt kesilishiga ruxsat berilgani holda¸ developerlik shirkati o‘nlab chinorning boshiga yetgan.

Aytilishicha¸ hokimiyat tomonidan 11 daraxt kesilishiga ruxsat berilgani holda¸ developerlik shirkati o‘nlab chinorning boshiga yetgan.

“Menimcha, bu proekt bo‘yicha qaror jiddiy xatoliklar bilan qabul qilingan. Birinchidan, u yerda aholi zichligi e’tiborga olinmagan. Uylar orasida belgilangan norma bo‘yicha masofa qoldirilmagan. Ikkinchidan, qurilish borasida u yerda yashovchi aholi fikri o‘rganilmagan. Uchinchidan, daraxtlar noqonuniy kesilgan. 11 ta daraxt kesilishiga ruxsat berilgan, lekin o‘nlab kesilgan. To‘rtinchidan, bu yerda O‘zbekiston fuqarolari hayoti va sog‘ligiga tajovuz qilinmoqda. Bu prezidentga yetib borsa ko‘pchilikni qamashsa kerak", deb yozdi Facebook tarmog‘ining Abdul Aziz ismli foydalanuvchisi.

Facebookdagi “Potrebitel plyus” guruhi a’zolaridan biri bir yil avval "Murod Buildings" Toshkentning Qoraqamish mavzesida ham daraxtlarni kesib, uy-joy qurgani haqida yozadi:

"Murad Buildings" bir yil avval Qoraqamishda ham daraxtlarni kesgan.

"Murad Buildings" bir yil avval Qoraqamishda ham daraxtlarni kesgan.

"Bir yil avval bizda ham shunga o‘xshash voqea bo‘lgan. Qoraqamish ¼ da uylar orasidagi bog‘ni kesib tashlab, “Murod Buildings” qurilish boshlagan edi. Kichkina hududda atrofi temir panjara bilan o‘ralgan to‘rtta besh qavatli turar joy binosidan iborat Gulsaroy kompleksini qurgan edi", -deb yozdi Shahnoza Jo‘raeva.

Facebook foydalanuvchilaridan yana biri Vladislav Rojkov Toshkentda obodonlashtirish uchun boshqa yerlar bor, daraxtlarni kesish shart emas edi, deya izoh qoldirgan.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ 18 fevral kuni Chilonzor tumanida yashovchi yuzlab toshkentlik daraxtlarning noqonuniy kesilishi yuzasidan petitsiya imzolab¸ Toshkent shahar hokimiyatiga murojaat qilgan.

Petitsiyada Chilonzorning 6-mavzesida daraxtlarning kesilishi qanday normativ hujjat asosida amalga oshirilgani va qarorning kim tomonidan chiqarilgani haqida hokimiyatdan tushuntirish talab etilgan.

Hokimiyat hozircha mazkur masala borasida jamoatchilikka na yozma¸ na og‘zaki tushuntirish bergan emas.

O‘zbekiston poytaxti Toshkent va viloyat markazlarida ko‘p yillik daraxtlarni kesish 2009 yildan boshlangan.

O‘sha yili Toshkentning Amir Temur xiyobonidagi 100 yildan qadim daraxtlar tag-tomiri bilan kesib tashlangan edi.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimiyatini qo‘mita bilan umuman maslahatlashmasdan daraxtlarni kesishda ayblab chiqqan edi.

Kesilayotgan daraxtlar soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda, lekin hech kim buning uchun shu paytgacha javobgarlikka tortilmagan.

"Murad Buildings" homiysi kim?

"Murad Buildings" developerlik shirkati 2016 yilga kelib Toshkentning eng qimmat va markaziy hududlarida eng qimmat turar-joy binolarini (o‘z reklamalarida shirkat kamtarlik bilan uylari sifati va narxining hamma uchun qo‘l yetar ekanini ta’kidlaydi) qurayotgan asosiy shirkatga aylangan.

O‘zbek matbuotida keng piar qilinayotgan bu shirkat rahbari Yaponiyada o‘qigan Murod Nazarovdir.

Ayni paytda¸ Ozodlik manbalari ta’kidicha¸ bu shirkatning asl egalari va homiylari hokimiyatning eng yuqori eshelonida o‘tirgan amaldorlar va developerlik shirkatining Toshkent qurilish bozorida misli ko‘rilmagan muvaffaqiyati ortida uning "o‘tda yonmay¸ suvda cho‘kmay" kelayotgan homiylari turibdi.

"Aynan shu homiylari bois¸ "Murad Buildings" Toshkentning xohlagan yerini qurilish uchun ola oladi¸ xohlagan joyida hokimiyatdan ruxsat ham so‘ramay¸ chinorzoru garajlarni tekislab tashlaydi. Uning homiylari O‘zbekistondagi daxlsizlardir"¸ dedi vaziyatdan xabardor Ozodlik manbasi.

XS
SM
MD
LG