Линклар

logo-print

Bugun futzal bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan Osiyo birinchiligining yarim finalida O‘zbekiston jamoasi Tayland jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, turnir finaliga yo‘llanma oldi.

Qizg‘in bahslar bilan o‘tgan o‘yinning asosiy qismida 1:1 durang qayd etilib, qo‘shib berilgan taymlarda jamoalar yana bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida o‘zbek o‘yinchilari 3:2 hisobida raqib jamoani mag‘lub qildi.

O‘zbekistonning finaldagi raqibi bugun o‘tadigan Eron-Vyetnam yarim final uchrashuvida aniqlanadi.

Chempionatning final o‘yini 21 fevralda Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

17 fevral kuni O‘zbekiston Osiyo chempionati yarim finaliga chiqib, futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga ilk bor yo‘llanma olgan. Futzal bo‘yicha JCh-2016 yili Kolumbiyada bo‘lib o‘tadi.

XS
SM
MD
LG