Линклар

Qurultoy dasturi davra stoliga yig‘ilgan o‘zbekistonlik shifokorlar mamlakatdagi rasman bepul, amalda esa korrupsiya va ta’magirlik urchigan soha bo‘lgan tibbiyot duch kelgan tanazzul ko‘lamini muhokama qilishdi.

Suhbatdoshlarga ko‘ra¸O‘zbekistondagi tibbiyotning o‘zi muolajaga muhtoj.

Fevral oyidan boshlab kasalxonaga borgan bemorlar yana bir to‘lov yuzlashdi.

Xastalikka uchragan bemor muolaja uchun shifokorga va dori- darmonga to‘lanadigan puldan tashqari endilikda kasalxona ovqati uchun ham haq to‘lashi kerak.

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 fevraldagi 31-sonli qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi statsionar davolanish va profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq to‘lash tartibi tasdiqlandi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi inqiroz¸ xususan¸ korrupsiya¸ bemorlarni o‘zbek kasalxonalarini qo‘yib¸ hind vrachlariga yo‘l olishga majbur qilmoqda.

XS
SM
MD
LG