Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:13

Jizzaxda IShIDchilikda ayblangan armani Avakyan oilasini mahalladan badarg‘a qilishmoqchi


Islomiy ekstremistik guruhlarga aloqadorlikda ayblanib,7 yilga qamalgan Aramis Avakyanning oilasini ular yashab kelgan Jizzaxning Paxtakor tumani Dilorom mahallasidan badarg‘a qilishmoqchi.

Bu haqda Kanadada yashayotgan jizzaxlik jurnalist Ulug‘bek Ashur xabar qildi.

Avakyan yaqinlarining unga aytishicha, Paxtakor tumani hokimligi vakillari 19 fevral kuni mahbusning turmush o‘rtog‘i Shirin Tursunova va ikki bolasi yashayotgan Dilorom mahallasiga borib, yig‘ilish o‘tkazgan.

Shu yig‘ilishda Tursunova eri haqda jurnalistlarga ma’lumot berib turgani uchun “sotqin”ga chiqarilgan va uni mahalladan ko‘chirib yuborish masalasi ko‘tarilgan.

33 yashar Avakyan IShIDga xayrixohlikda gumon qilinib, o‘tgan yilning 4 sentyabridan beri hibsda ushlab turilibdi.

XS
SM
MD
LG