Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:52

O‘zbek rasmiylari ishchilarga maoshlar kechiktirilishi keng tarqalganini tan oldi


O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mulozimlariga ko‘ra, mamlakatda ishchilarga oyliklarning kechiktirilishi mehnat qonunchiligining eng keng tarqalgan buzilishi bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, oyliklarning vaqtida berlimasligi bilan birga ish beruvchining mehnat shartnomasini noqonuniy ravishda to‘xtatishi va e’lon qilingan bo‘sh o‘rinlarga ishga qabul qilmaslik hollari ko‘p uchraydigan muammodir.

Bu haqda vazirlik mulozimi Podrobno.uz nashriga ta’kidlagan.

Vazirlik mulozimining aytishicha, o‘tgan yilda bu bilan bog‘liq to‘rt mingta shikoyat tushgan va qonun buzilishlari bo‘yicha ish beruvchilarga 1,5 milliard so‘m miqdorida jarima solingan.

O‘zbekiston hukumati har yili 1 milliondan ortiq ish o‘rini yaratilishi va oylik maosh va nafaqalarning muntazam oshirib borilishini ta’kidlab keladi.

XS
SM
MD
LG