Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:51

Anqaradagi portlashga mas’uliyatni Suriyadagi PKKga aloqador guruh zimmasiga oldi


Anqaradagi 28 odam o‘limiga sabab bo‘lgan 17 fevral kungi portlashlarga Suriyadagi "Kurdiston Ishchi partiyasi - PKK"ga aloqador isyonchi guruhlarlar mas’uliyatni zimmasiga oldi.

"Kurdiston Ozodligi Qirg‘iylari" deb ataluvchi guruh bu portlashlar Turkiya prezidenti Rejap Tayyib Erdo‘g‘onning siyosatiga javob ekani haqdao‘z sahifasida bayon qilgan.

Guruh janggarilari ayni paytda Turkiyada yangi hujumlarni amalga oshirish bilan po‘pisa qilmoqda.

Chorshanba kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida portlovchi modda to‘ldirilgan avtomobil portlagan edi.

Yirik portlashda 28 kishi qurbon bo‘lgan, oltmishdan ortiqrog‘i esa, yaralangandi.

XS
SM
MD
LG