Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:54

YeI Britaniyaning Ittifoq tarkibida qolishi borasida London bilan kelishdi


Yevropa Ittifoqi mulozimlari Buyuk Britaniyaning Ittifoq tarkibida qolishi borasida London bilan kelishuvga erishgan.

Bu haqda Yevropa Kengashi raisi Donald Tusk shanba kuni ma’lum qildi.

Uning ta’kidicha, kelishuv Kengashda bir ovozdan ma’qullangan.

Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron o‘z davlatining Yevropa Ittifoqi tarkibidagi alohida maqomi borasida kelishilgani va bitim shartlari ertaga hukumatga taqdim etilishini bildirdi.

Kemeron YeI isloh qilinishi lozimligi, aks xolda Britaniya uni tarkibidan chiqishi haqida ogohlantirgan edi.

Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi masalasi esa 2017 yilda o‘tkazilajak referendumda muxokama etilishi rejalangandi.

XS
SM
MD
LG